Ne’matillo Quttiboev: "Bizda gol uradigan futbolchi topilmayapti"

  • 16 oktabr, 2024, 21:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing 23-tur uchrashuvlari boshlandi. Nukusda “Aral” musobaqa etakchilaridan biri “Mash’al”ni qabul qildi. Bahsda hisob ochilmadi. Bellashuvdan so‘ng “Aral” bosh murabbiyi Ne’matillo Quttiboev quyidagicha fikr bildirdi:

Tecno

“Mash’al” lider, kuchli jamoa. Biroq futbolchilarimiz tashabbusga erishib, to‘pni o‘z nazoratimizga oldik. Imkoniyatlarni yaratdik, lekin bizda gol uradigan futbolchi topilmayapti.

Tarkibda rotatsiyaga qo‘l urib, bugun Arslan Yusupbaevni tushirdik. Ammo u ham to‘liq tayyor emas, deb o‘ylayman. Shunga qaramay, bugun yaxshi o‘ynadi. Rotatsiya qilganimizga yarasha futbolchilar yaxshi o‘ynashdi, deb o‘ylayman”, - dedi Quttiboev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!