Ne’matov penaltini qaytargan vaziyati haqida gapirdi

  • 24 iyul, 2024, 21:56
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Parijda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada doirasida O‘zbekiston futbol terma jamoasi Ispaniya bilan kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda vakillarimiz "Qizil Furiya"ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Ispanlar safida Pubil hamda Gomes gol urgan bo‘lsa, vakillarimizning yagona goli Shomurodov tomonidan urildi. 

Shu tariqa, vakillarimz turnirni mag‘lubiyat bilan boshladi. 

O‘yindan so‘ng termamiz darvobaboni Abduvohid Ne’matov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Quyida uning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 

- Bugun O‘zbekiston futbolida yaxshi kun bo‘ldi. Sababi, ushbu turnirdagi ilk o‘yinimizni o‘tkazdik. Afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Biz mazkur bellashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Stadiondan kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytaman. Juda ajoyib atmosfera ostida to‘p tepdik. Ispaniya bilan o‘yinni to‘g‘ri tahlil qilgan holda, keyingi bellashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz. 

 - Raqib penaltini qanday tepishini o‘rganmagandim. Uning to‘pga kelishini yaxshilab kuzatdim. Xudoga shukr, qaytardim.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!