
Nevill: Runini qidirishni tungi klubdan boshlar edik
"Runi jamoamizdagi eng "bezori" yigit edi. Jamoa sardori bo‘lgan yillarimda uning yurish turishiga men javobgar edim. Juda qiyin bo‘lgan. Runini har gal yo‘qotib qo‘yib, allaqaysi tungi klublardan topib olardim. Imkon boricha unga kimnidir soqchi qilib ko‘chaga chiqarar edik. U xattoki politsiyachilar bilan ham janjallashib qolardi", - dedi mankuniyaliklar sobiq sardori.
Ma’lumot uchun, Ueyn Runi "qizil iblislar"ning barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. U manchesterliklar libosida jami 253 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar