
Neymar “Barsa”ga sudda yutqazdi. Endi u olgan millionlarini qaytaradi
PSJ hujumchisi Neymar sobiq klubi “Barselona”ni 43,6 million evrolik bonus ishi bo‘yicha sudga bergandi.
Sud futbolchining da’vosini asossiz, deb topdi va ishni “Barslona” foydasiga hal qildi. Neymar 2017 yilda PSJga o‘tib ketganiga qaramay, 2016 yilda “Barselona” bilan shartnomani uzaytirgani uchun 43,6 million evro miqdorida bonusni to‘lig‘icha unga berilishini talab qilyapti.
Surishtiruvlarda Neymarning o‘zi “Barselona”dan ortiqcha mablag‘ olgani aniqlangan va sud qaroriga ko‘ra braziliyalik futbolchi kataloniyaliklarga 6,7 million evroni qaytarib berishga majbur.
Neymar nega xafa?
Neymarning yangi imiji internetni portlatdi (foto)
Fikrlar