
Neymar kutilmagan qaror qabul qildi
2026 yilgi jahon chempionatida Braziliya terma jamoasiga etakchilik qilishi kutilayotgan Neymar Evropaga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lgandi.
“Al-Hilol”dagi muvaffaqiyatsiz faoliyatidan keyin shu yil boshida yurtiga qaytib, “Santos” tarkibiga qo‘shilgan 33 yoshli hujumchiga “Marsel” og‘iz solgan edi.
Frantsiya vitse-chempioni yangi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda va yozda tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Taniqli insayder Sasha Tavoleri Neymar va “Marsel” munosabatlariga oydinlik kiritdi.
- Neymarning “Marsel”ga kelishini inkor etamiz. Bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, - deb yozdi Sasha Tavoleri ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida.
Neymar “Santos”ga qaytganidan beri jami 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga to‘rtta gol va bitta assist rasmiylashtirib qo‘ydi.
Fikrlar