Neymar Mbappe tanqid qilingan postga "layk" bosdi

  • 14.08.2022 17:29
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Neymar Kilian Mbappe PSJda asosiy penalti tepuvchi futbolchi bo‘layotganidan norozi. 

2-turdan o‘rin olgan "Monpele"ga qarshi bahsda (5:2) Mbappe 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshira olmadi. Shundan so‘ng parijliklar yana bir imkoniyatga ega bo‘ldi va Neymar bundan unumli foydalandi. 

O‘yindan so‘ng braziliyalik vinger Mbappe tanqid qilingan Tvitterdagi postga layk bosdi. 

"Endi rasman: Mbappe - PSJning asosiy penalti tepuvchi futbolchisi. Ochig‘ini aytsam, bu shartnomada bor. Sababi, Neymar dunyoning hech bir jamoasida Neymar ikkinchi penalti tepuvchi o‘yinchi bo‘lmasligi kerak. Ko‘rinib turibdiki, bitim shunday tuzilgan. Kilian PSJ xo‘jayini", deyilgan Tvitterdagi postda. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!