Neymar mundialda qariyb bir million evroga soat sotib oldi
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar jahon chempionatidagi dam olish kunida qiymati 880 ming yevro bo‘lgan qimmatbaho soat xarid qildi.
34 yoshli futbolchi Nyu-York shahridagi Jacob & Company zargarlik do‘koniga shaxsan tashrif buyurib, yangi modeldagi soatni sotib olgan.
Xarid jarayoni videoga olingib, brendning ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilindi. Videoda Neymar va kompaniya asoschisi Jeykob Arabo TikTok platformasida mashhur bo‘lgan trendda ishtirok etgan.
Neymarning lyuks toifasidagi soatlar kolleksiyasi bir necha million yevroga baholanadi. Undagi ayrim namuna soatlar qiymati 2 million yevrodan ham yuqori.
Braziliya terma jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini davom ettirmoqda. Jamoa keyingi uchrashuvini Yaponiya ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar