
Neymar PSJga “Real” yulduzini olib kelishi kutilmoqda
PSJ rahbarlari jamoaga “Real” hujumchisi Vinisius Juniorni olib kelishni rejalashtirmoqda. Ular o‘z maqsadiga etishi uchun iste’dodli hujumchining hamyurti Neymardan foydalanmoqchi.
Neymar va Vinisius o‘zaro do‘stona aloqaga egaligi parijliklarning futbolchiga ta’sir o‘tkazishida qo‘l kelishi mumkin. PSJni Zidan boshqaradigan bo‘lsa, bu transferning ehtimoli yanada oshadi.
Aslida parijliklar Vinisius Juniorni yozda transfer qilmoqchi edi. Biroq, uning shartnomasidagi badal summasi 500 million evroga tenglashtirilgan va mana shu omil PSJ mutasaddilariga to‘sqinlik qilmoqda.
Juniorga PSJdan tashqari Angliya premer-ligasining uchta grandidan jiddiy qiziqish bo‘lyapti.
Fikrlar