Neymar Rafinyaning "Oltin to‘p"da beshinchi o‘rin olishiga hazilomuz javob berdi

  • 23.09.2025 15:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" va PSJning sobiq forvardi Neymar hamyurti Rafinyaning 2025 yil "Oltin to‘p" ovoz berishida beshinchi o‘rinni egallashiga o‘z munosabatini bildirdi.

"Rafinya beshinchi o‘rindami? Bu juda yaxshi hazil", – deb yozib qoldirdi braziliyalik yulduz ijtimoiy tarmoqdagi natijalar postiga izoh sifatida.

Eslatib o‘tamiz, 2024/25 yil mavsumi bo‘yicha "Oltin to‘p" sohibiga aylangan futbolchi – PSJ va Frantsiya terma jamoasi vingeri Usmon Dembele bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinni "Barselona'ning 18 yoshli yulduzi Lamin Yamal egalladi. Uchinchi pog‘onada esa yana bir PSJ vakili – portugaliyalik yarim himoyachi Vitinya joy oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!