Neymar terma jamoa safidan chiqarildi

  • 13 noyabr, 2020, 22:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Braziliya terma jamoasi etakchisi Neymar 2022 yilgi jahon chempionatining saralash turniri doirasidagi ikkita uchrashuvda qatnashmaydigan bo‘ldi.

Terma jamoa shifokori Rodrigo Lasmar Neymar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganda oyoq mushaklaridagi jarohati hali tuzalmaganini aniqladi. Tibbiy xulosa asosida Neymar terma jamoa safidan chiqarildi.

Neymar Chempionlar ligasi doirasida “Istanbul Bashakshehir”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda jarohatlangan edi. PSJ bosh murabbiy Tomas Tuxel ham Neymarning 20 noyabrga qadar tiklana olmasligini aytib, terma jamoaga borishiga qarshilik qilgandi.

Braziliya saralash turnirida 14 noyabr kuni Venesuelani o‘z maydonida qabul qiladi.  Yana to‘rt kundan keyin Tite jamoasi Urugvay mehmoni bo‘ladi.

Neymar “Barsa”ni sudga sudrayapti

Neymarning cho‘ntagi “qappayadigan” bo‘ldi. Unga 160 million taklif qilindi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!