Ronalduning “Yuve”dagi o‘rnini Neymar egallaydimi?

  • 11 noyabr, 2020, 19:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Yuventus”ning yozgi transfer mavsumidagi asosiy maqsadlaridan biri Krishtianu Ronalduni boshqa jamoaga o‘tkazib yuborish bo‘lib qolmoqda.

Italiyalik insayder Tankredi Palmerining ma’lum qilishicha, turinliklar jamoada Paulo Dibala, Deyan Kulushevski va Federiko Kezani olib qolish uchun tezroq Ronaldudan voz kechishi kerak. Bu ko‘p jihatdan klubning moliyaviy holatidan kelib chiqqan vaziyat ekani aytilmoqda.

Ronalduni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘layotgan klublardan biri PSJ bo‘lib turibdi. Buni inobatga olgan “Yuventus” sport direktori Fabio Paratichi Parij klubidagi hamkasbi Leonardoga ajoyib  rokirovka taklif etmoqda. U Krishtianu Ronalduni to‘g‘ridan to‘g‘ri Neymarga almashtirishni xohlayapti.

Avvalroq, Leonardo PSJning Krishtianu Ronalduni olishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirib, buni inkor etmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!