Neymar top-5 ligalar orasida eng zo‘ri

  • 17.08.2022 12:35
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

PSJ yulduzi Neymar ayni payt top-5 ligalar orasida beshtadan ko‘p golli vaziyatda qatnashgan yagona futbolchi bo‘lib turibdi.

Joriy mavsum braziliyalik hujumchi Frantsiya chempionatining ikkita uchrashuvida uchta gol urdi hamda uchta golli uzatma amalga oshirdi.

Neymar 2017 yilning avgustidan buyon poytaxtliklar safida to‘p tepib keladi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Parij grandi navbatdagi o‘yinni safarda “Lill”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 21 avgust, yakshanba kuni, Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!