Neymar va Mbappe o‘rtasidagi mojaro hal etildi

  • 16.08.2022 14:16
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

PSJ futbolchilari Kilian Mbappe va Neymar o‘rtasidagi mojaroga barham berildi. Bu haqda “Le Parisien” jurnalisti Adrian Grene o‘zining tvitterdagi sahifasi orqali xabar bermoqda.

"Monpele" bilan o‘yindan so‘ng (5:2) Neymar Mbappe parijliklarning doimiy penalti tepuvchisiga aylanganidan noroziligini bildirdi.

Manbaga ko‘ra, mojaro PSJ sport direktori Luis Kampos tomonidan hal qilingan. U futbolchilar bilan suhbatlashdi va ularning xatti-harakati jamoaning umumiy o‘yiniga zarar keltirmasligi, futbolchilar o‘rtasidagi tushunmovchiliklarni birgalikda hal qilish kerakligini tushuntirdi. Yig‘ilishdan so‘ng futbolchilar voqea bartaraf etilganini tan olishdi.

PSJ Liga 1ning yangi mavsumini “Klermon” (5:0) va “Monpele” (5:2) ustidan qozonilgan yirik g‘alaba bilan boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!