Neymarga Italiyaning top-klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda
"Santos" sharafini himoya qilayotgan yulduz hujumchi Neymar faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, turinliklar rahbariyati Neymarni o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. "Yuventus" futbolchi faoliyatini Italiyada qayta boshlashi mumkin, deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, transfer italiyaliklarga qimmatga tushmasligi kerak.
Mish-mishlarga ko‘ra, ushbu transfer oynasida braziliyalik futbolchiga Frantsiyaning "Marsel" klubi ham qiziqish bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, qishda Neymar qadrdon klubiga qaytgan edi. O‘shandan beri u "Santos" uchun 18 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar