Asosiy mazmunga oʻtish

Neymarni olti oʻyinga chetlatishlari mumkin

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Santos» hujumchisi Neymar «Baiya»ga qarshi o‘yinda og‘zini qo‘li bilan berkitgani uchun qizil kartochka olib, olti o‘yingacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

«Santos» jamoasining yetakchi hujumchisi Neymar Braziliya chempionati doirasida «Baiya»ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi o‘yinda maydondan chetlatildi. Bellashuv 1:1 hisob bilan yakunlandi.

34 yoshli forvard raqib futbolchisi bilan tortishuv paytida og‘zini qo‘li bilan berkitgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Qoidalarga ko‘ra, bu harakat Neymar uchun olti o‘yingacha diskvalifikatsiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Yaqin kunlarda o‘tkaziladigan intizomiy yig‘ilishda unga nisbatan yakuniy qaror qabul qilinadi.

Neymar joriy mavsumda Braziliya chempionatida «Santos» tarkibida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U shu vaqt ichida sakkizta gol urdi, shulardan to‘rt tasi penalti dan, shuningdek, uchta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q