Neymarning sevgilisi va qizini o‘g‘rilashga urinish bo‘ldi
Braziliyada bosqinchilar “Al-Hilol” hujumchisi Neymarning sevgilisi Bruna Byankardi va ularning chaqalog‘ini o‘g‘rilashga urindi.
Bu haqda O Globo nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, bosqinchilar tungi soat uchlarda Kotiya shahrida Byankining onasi yashaydigan xonadonga bostirib kirgan. Ular umumiy summasi 120 ming dollar bo‘lgan narsalarni olib ketgan.
Bundan tashqari, bosqinchilar uy bekasidan qizi Bruna Byanki va uning chaqalog‘i qaerda yashashini aniqlashga uringan.
Politsiya vakillari bosqinchilardan birini ushladi. U 19 yoshi mahalliy yigit bo‘lib chiqdi.
Keyinroq Neymar sevgilisi Byankardi va qizi sog‘-salomat ekanligi haqida post qo‘ydi.
Fikrlar