Neymarning singlisi akasiga yangi jamoa topib berdi

  • 4 iyun, 2023, 18:48
  • 0
  • Futbol

Neymarning singlisi Rafaella Santos akasini Braziliyaning “Botafogo” klubiga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishini aytdi.

Rafaella mana shu jamoaning ashaddiy muxlisi hisoblanadi.

- Men buni uddalashga harakat qilaman. Bu transfer shaxsan menga va shahar aholisiga juda katta baxt hisoblanadi. Bunaqa imkoniyatga egaman, - dedi Rafaella Santos.

Neymar 2017 yildan beri PSJ sharafini himoya qilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan.

Biroq, keyingi paytda matbuot va muxlislarning bosimiga dosh berolmayotgan 31 yoshli hujumchi yozda boshqa jamoaga o‘tishga rozilik bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!