
Nikita Ribkin “Metallurg”da ko‘rikdan o‘tmoqda
“Qo‘qon-1912” darvozaboni Nikita Ribkin faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga yaqin.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan mavsumni Qo‘qonda o‘tkazgan posbon ayni paytda “Metallurg”da ko‘rikdan o‘tmoqda. Uni bekobodliklarning yangi murabbiyi Andrey Shipilovning shaxsan o‘zi chaqirgan.
Ma’lumot o‘rnida, Nikita Ribkinning “Qo‘qon-1912” bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etgan va u hozir erkin agent hisoblanadi.
Fikrlar