Niko Kovach Xamesni "Bavariya"da olib qolishni xohlamayapti
Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges mavsum yakunlangach yana "Real"ga qaytadi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra myunxenliklar ustozi Niko Kovach kolumbiyalik futbolchini tarkibda saqlab qolishni xohlamayapti. Shu bois nemis grandi uni 42 million evro evaziga sotib olish huquqidan foydalanmaydi va Madridga qaytarib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" Xamesni 2017 yil "Real"dan 2 yilga ijaraga olgan edi. U joriy mavsum 31ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 7ta gol yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar