Asosiy mazmunga oʻtish

Nodirbek Abdusattorov o‘zining azaliy raqibi Praggnanandhaaga mag‘lub bo‘ldi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Vakilimiz imkoniyatni boy berdi

FIDE Circuit 2025 etakchisi Rameshbabu Pragnanandxaa musobaqadagi o‘zining ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bugun hindistonlik shaxmatchi hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorovni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. 
 
3-turda shaxmatchimiz muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa, bundan avvalgi 2 ta turda ham durang qayd etgan edi. 1-turda Levon Aronian bilan keyingi turda esa Dommaraju Gukesh bilan bo‘lgan bellashuvda kuchlar teng kelgan edi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Abdusattorov navbatdagi turda Fabiano Karuana bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuv ertaga bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q