Nodirbek Abdusattorov "Quantbox Chennai Grand Masters 2026" 2026" turnirida ishtirok etadi
Joriy yilning, 16–22-iyul kunlari Hindistonning Chennai shahrida nufuzli "Quantbox Chennai Grand Masters 2026" xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.
79 500 AQSh dollari mukofot jamg‘armasiga ega musobaqada O‘zbekiston sharafini grossmeyster Nodirbek Abdusattorov himoya qiladi. Shuningdek, Arjun Erigaisi, Gukesh Dommaraju, Alireza Firuzja, Hans Moke Niemann va boshqa kuchli shaxmatchilar ham g‘oliblik uchun bahs olib boradi.
Musobaqaning ilk turi bugun, 16iyul kuni soat 14:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Fikrlar