"Nottingem Forest" "Yuventus" himoyachisini qo‘lga kiritish uchun taklif yo‘lladi

  • 26.08.2025 22:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" himoyachisi Nikolo Savona Angliya Premer-ligasiga yo‘l olishi mumkin.

Futbol insayderi Janluka Di Martsioning xabar berishicha, "Nottingem Forest" turinliklar safida to‘p surayotgan 22 yoshli futbolchi uchun 11 million evro taklif qilgan. Ammo "Yuventus" bu taklifni rad etib, himoyachi uchun 18 million evro so‘ramoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, angliyaliklar avval turinliklar bilan kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda, shundan keyingina o‘yinchi bilan muzokara boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Nikolo Savona A Seriya doirasida 28 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!