
Novak Jokovichda koronavirus aniqlandi
Jahonning birinchi raqamli raketkasi va "Adria tur" ko‘rgazmali musobaqasining tashkilotchisi hisoblangan Novak Jokovichning koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija bergan. Bundan tashqari, uning rafiqasi Elena ham virus bilan zararlangan. Xayriyatki, ularning farzandida bu holat aniqlanmadi.
Jokovich Zadar shahrini xususiy samolyotda tark etgan. Belgradda topshirgan testlari unda virus borligini aniqlab berdi.
"Men barchadan uzr so‘rayman. Bu kabi holatda ehtiyotsizlik qilishim va ko‘rgazmali turnirda qatnashayotganlar bilan himoyalanmagan muloqotga kirishishim to‘g‘ri emasdi. Umid qilamanki, bu kimningdir sog‘lig‘iga jiddiy zarar etkazmaydi. Endi 14 kunlik izolyatsiyani talab darajasida o‘tkazishga harakat qilaman", - deydi Jokovich.
Novak Jokovich koronavirus testini topshirishdan bosh tortmoqda
Novak Jokovich koronavirus aniqlangan basketbolchi bilan uchrashgan
Mariya Sharapovaning sobiq sevgilisida koronavirus aniqlandi
Fikrlar