Noyer "Bavariya"dan nima xohlaydi o‘zi?
Nihoyat "Bavariya" darvozabon Manuel Noyer yangi shartnoma imzolash bo‘yicha klubdan nima talab qilayotganini bilib oldi.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 34 yoshli darvozabon myunxenliklardan yiliga 20 mln evro maosh so‘ramoqda. Bundan tashqari, u yangi kelishuv 5 yildan kam bo‘lmasligini ham talab qilmoqda.
“Bavariya” esa bunday taklifga rozi bo‘lishni xohlamayapti va Noyer o‘rniga yangi darvozabon qidirmoqda.
Fikrlar