Noyer yozda faoliyatini yakunlashi mumkin
Manuеl Noyer og‘ir jarohatga qarama-y mavsumni tugatguncha maydonga qaytishni, yozda esa professional faoliyatini yakunlashni rejalashtirgan.
«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer mavsum oʻrtasida futbolchilik faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti.
40 yoshli darvozabon Bundesliganing «Maynts»ga qarshi (2:1) uchrashuvida oyoq payining qisman uzilishi sabab 2–3 oyga safdan chiqdi.
Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, jarohatiga qaramay, Noyer joriy mavsumni oxirigacha oʻtkazish niyatida. Biroq u yozda «99,9 foiz ehtimol bilan» faoliyatini yakunlaydi.
Maʼlum qilinishicha, «Bavariya» yil oxirigacha kelasi mavsumda ikkinchi darvozabon vazifasini bajarishi mumkin boʻlgan nomzodlarni muhokama qiladi. Shundan soʻng klub transfer bozorida ish boshlaydi. Avvalroq maʼlum boʻlgan nomzodlar roʻyxatiga Oliver Baumann, Bernd Leno, Loris Karius va yana ikki nafar futbolchi kiritilgan.
Izohlar (0)