"Nyukasl" "Manchester Siti" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

  • 29.03.2026 13:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Jeyms Trafford joriy yozda "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin. Bu haqida "Football Insider" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli darvozabonga "Nyukasl" jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Qarg‘alar" mavsum yakunlangandan so‘ng futbolchi transferi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

Jeyms Trafford 2025 yilda "Börnli"dan "Manchester Siti"ga 31 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda u barcha turnirlar doirasida 13 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol o‘tkazib yuborgan va 6 ta uchrashuvda o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 25 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!