"Nyukasl" o‘tgan mavsum 66 ta gol o‘tkazib yuborgan darvozabon bilan kelishib oldi

  • 30 iyul, 02:09
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyalik darvozabon Aaron Remsdeyl yaqin orada "Nyukasl" safini to‘ldiradi.

Tecno

APL klubi 27 yoshli posbonning transferi bo‘yicha "Sautgempton" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar berdi. Shartnomaga ko‘ra, kelishuv pullik ijara asosida amalga oshiriladi va keyinchalik to‘liq sotib olish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi.

Remsdeylga "Nyukasl" jamoasi joylashgan hududga tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash uchun borishga ruxsat berilgan.

O‘tgan mavsum APLda Remsdeyl 30 ta o‘yinda maydonga tushgan va 66 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!