Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Nyukasl” qimmatbaho hujumchini qo‘yib yubordi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Angliyada ishlari yurishmadi

“Yuventus” rasmiy sayti orqali hujumchi Nik Voltemadening “Nyukasl”dan ijara asosida tarkibga qo‘shilganini ma’lum qildi. Ijara shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

Jurnalist Fabrizio Romano xabar berishicha, Turin klubi ushbu bitim uchun 3,5 million funt sterling (4 million yevro) to‘lagan.

Germaniyalik hujumchi 2025 yil yozida “Nyukasl”ga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda Voltemade barcha musobaqalarda 54 ta uchrashuvda ishtirok etib, 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Futbolchining Angliya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 55 million  yevrni tashkil etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q