O'zbek bokschisi WBA jahon chempioni bilan jang o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishdi
Jang chempionlik kamari uchun bo‘ladi
WBA versiyasi boʻyicha superoʻrta vaznda jahон chempioni hisoblangan Xayme Mungiya jamoasi oʻzbekistonlik majburiy daʼvogar Bektemir Meliqўziev tomoni bilan kelishuvga erishgani maʼlum qilindi.
Boks olamidagi insayder Sesar Seda maʼlumotiga koʻra, Meliqўziev 31 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida Mungiyaning rossiyalik Nikita Zonga qarshi jang oʻtkazishiga rozilik bergan. Shu bilan birga, kelishuvga koʻra, ushbu jangdan soʻng meksikalik chempionning navbatdagi raqibi aynan oʻzbekistonlik bokschi boʻlishi shart.
31 oktyabrdan keyin tomonlarga majburiy himoya jangining shartlarini yakuniy kelishib olish uchun eng koʻpi bilan 30 kun vaqt beriladi. Mungiya Meliqўziev bilan ringga tushmaguncha, boshqa raqiblar bilan, jumladan, chempionlik kamarlarini birlashtirish janglarini ham oʻtkaza olmaydi.
Chempion jamoasi shuningdek majburiy himoyani kechiktirishga qaratilgan biror harakat qilmaslik va bokschiga WBA superjahон chempioni maqomini olish uchun murojaat etmaslik majburiyatini ham oʻz zimmasiga olgan.
Shu bilan birga, ikki jamoa oʻrtasidagi ushbu kelishuv hali WBA tomonidan rasmiy maʼqullanishi kerak. Mungiya va Meliqўziev oʻrtasidagi ehtimoliy jang sanasi va oʻtkazilish joyi hozircha eʼlon qilinmagan.

Izohlar (0)