O'zbek futbolchisining evrokuboklardagi debut uchrashuvida beshta gol bo'ldi

  • 16.10.2026 06:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Behruz Karimov UEFA Konferensiyalar Ligasi umumiy bosqichida debutini nishonladi. 

Hamyurtimiz to‘p tepayotgan Shveytsariyaning «Lugano» jamoasi xalqaro musobaqaning birinchi turida o‘z maydonida Serbiyaning mashhur «Crvena Zvezda»ga qarshi o‘ynadi. 

Kuchli kurashlarga boy o‘yin 3:2 hisobida «Lugano» foydasiga yakunlandi. 25-daqiqada Albian Ayeti hisobni ochib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 32-daqiqada Timi Elshnik javob golini urdi va tabloda muvozanat tiklandi. 

Ikkinchi bo‘lim boshlangach, serbiyaliklar ustunlikni qo‘lga kiritishdi: 67-daqiqada Rade Krunich Belgrad klubini hisobda oldinga olib chiqdi.

Shundan so‘ng «Lugano» mag‘lubiyatdan qutulish uchun hujumlarni kuchaytirdi va bu o‘z samarasini berdi. 84-daqiqada Derek Monkada raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni yana tenglashtirdi. 

Uchrashuv taqdiri esa so‘nggi daqiqalarda hal bo‘ldi: 90-daqiqada Anto Grgich penalti ni aniq amalga oshirib, jamoasiga muhim g‘alabani ta’minladi. Shu tariqa, Behruz Karimov jamoasi musobaqani uch ochko bilan boshladi.

Karimov ushbu uchrashuvni «Lugano»ning asosiy tarkibida boshlab, 73-daqiqada almashtirildi. Bu o‘zbekistonlik  himoyachi uchun ushbu bellashuv evrokuboklarning umumiy bosqichidagi ilk o‘yini sifatida tarixda qoldi.

«Lugano» navbatdagi o‘yini ni 22 oktyabr kuni safarda Ispaniyaning «Xetafe» jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv boshlanish Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!