O‘zbekiston boks terma jamoasi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini boshladi
Katta natija kutamiz
2026 yildgi Osiyo oʻyinlariga tayyorlanayotgan Oʻzbekiston boks jamoasi mamlakat ichidagi soʻnggi yigʻinni boshladi.
Maʼlum qilinishicha, Osiyo oʻyinlari oldidan Oʻzbekiston terma jamoasining vatanimizdagi yakuniy oʻquv-mashgʻulot yigʻini start oldi.
23 avgust kuni Olimpiya va Paralimpiya sport turlari boʻyicha Respublika tayyorgarlik markazida Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasining Osiyo oʻyinlarigacha boʻlgan oxirgi yigʻinlari boshlandi.
Bosh murabbiy Tulkin Kilichev rahbarligidagi murabbiylar shtabi bokschilarni musobaqaga har tomonlama shaylash, ularning texnik va taktika mahoratini oshirish, jismoniy holatini eng yuqori choʻqqiga olib chiqish ustida ish olib bormoqda.
Yigʻin davomida bokschilar Osiyo oʻyinlarida munosib ishtirok etishi, har bir jangga puxta tayyorgarlik koʻrishi va mamlakat sharafini munosib himoya qilishi uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilgani qayd etilmoqda.
Oʻquv-mashgʻulot yigʻini 1 sentyabrgacha davom etadi», — deya maʼlum qilingan Instagramdagi xabarda.
XX yozgi Osiyo oʻyinlari 19 sentyabrdan 4 oktyabrgacha Yaponiya ning Nagoya shahri va Aiti prefekturasida oʻtkaziladi. Musobaqaga tayyorgarlik doirasida Qozogʻiston terma jamoasi 19 avgustdan 1 sentyabrgacha Olmati viloyati Janashar qishlogʻida Xitoy, Angliya va Iroq terma jamoalari bilan birgalikda oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazmoqda. Bokschilarning tayyorgarlikdagi yakuniy bosqichi esa sentyabr boshida toʻgʻridan-toʻgʻri Yaponiya ning oʻzida start olishi rejalashtirilgan.

Izohlar (0)