Obameyang nega "Manchester Yunayted"ga o‘tmagan?

  • 29 oktabr, 2019, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Arsenal” klubi forvardi Per-Emerik Obameyang bir necha yil muqaddam "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin edi.

The Athletic nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "qizil iblislar" 2016 va 2017 yillarda gabonlik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirishgan. O‘sha paytlarda u “Borussiya” Dortmund a’zosi hisoblanar edi.

Yakunda MYu rahbariyati Obameyangni APLga moslashib keta olmaydi deb hisoblashgan, qolaversa unga belgilangan 80 mln evro narxni ham o‘ta yuqori deb bilishgan.

Natijada, Obameyang 2018 yilning yanvarida 63,75 mln evro evaziga “Arsenal”ga ko‘chib o‘tdi. U hozirgi kungacha “kanonirlar” safida 77ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 49 ta gol hamda 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!