
Obameyang nega qishda "Chelsi"ga o‘tmagandi?
“Arsenal” forvardi Per-Emerik Obameyang qishki transferlar davrida “Chelsi”ga ko‘chib o‘tishi mumkin edi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 31 yoshli gabonlik futbolchi “aristokratlar” bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erisha olmagan. Aniqrog‘i, u “Chelsi” tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi bo‘lishni xohlagan.
Eslatib o‘tamiz, aynan Obameyang kecha bo‘lib o‘tgan Angliya kubogi finalida “Chelsi” (2:1) darvozasiga 2 ta gol urib, bosh sovrinni “Arsenal”ga olib berdi.
Fikrlar