Oblak dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi darvozabonlari ro‘yxatida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

  • 18 aprel, 2019, 12:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek “Atletiko” darvozaboni Yan Oblak kecha jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda 2023 yilga qadar imzolangan yangi kelishuvga ko‘ra 26 yoshli slovaniyalik posbon “matraschilar”dan yiliga 10 mln evro maosh oladi. Shu tariqa u MYu darvozaboni David de Xeadan so‘ng (10,5) dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi ikkinchi darvozaboniga aylandi.

Bu boradagi reyting de Xea va Oblakdan so‘ng quyidagicha ko‘rinish olgan:

Ederson "Manchester Siti" (9,9), 

Iker Kasilyas "Portu" (6,6), 

Manuel Noyer "Bavariya" (5,7), 

Petr Chex "Arsenal" (5,6), 

Mark-Andre ter Shtegen "Barselona" (5,6), 

Keylor Navas "Real" (5,4), 

Janluiji Buffon PSJ (5,3),

Tibo Kurtua "Real" (5,2).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!