
Rasman! Yan Oblak "Atletiko" bilan shartnomasini uzaytirdi
“Atletiko” Madrid darvozaboni Yan Oblak jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda
Unga ko‘ra 26 yoshli sloveniyalik posbon “matraschilar” bilan 2023 yilgacha tuzilgan kelishuvni imzolagan.
Ma’lumot uchun, Oblak “Atletiko” sharafini 2014 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida madridliklar safida jami 203ta o‘yinda maydonga tushib, shulardan 115tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar