
OChL guruh bosqichi oldidan "Nasaf" yulduzi safdan chiqdi
O‘zbekiston Superligasi 4-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvida mehmonlar 1:0 hisobida ustun keldi.
Mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritgan qarshiliklar uchun noxush xabar ham yo‘q emas. Gap shundaki, o‘yinning 67-daqiqasida "ajdarlar" va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Sherzod Nasrullaev jarohat olgan holda, maydonni erta tark etishga majbur bo‘ldi. U shifokorlar yordami bilan zaxira o‘rindig‘iga etib keldi.
Shuningdek, bu bahsda "temiryo‘lchilar" ham o‘z etakchisini yo‘qotdi. Birinchi bo‘limda eng faol o‘yinchilardan biri bo‘lib turgan G‘ulom-Haydar G‘ulomov jarohat tufayli ikkinchi 45 daqiqalikni maydonda o‘tkazmadi.
Ma’lumot uchun, "ajdarlar" OChL guruh bosqichida ishtirok etish uchun ertaga Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi.
Fikrlar