Asosiy mazmunga oʻtish

OChL. Hali musobaqada yutqazmagan "Navbahor" safarda Eron klubini sinovdan o‘tkazadi

Izohlar: 2

Bahs 19:00 da boshlanadi.

Bugun Osiyo chempionlar ligasida 4-tur uchrashuvlari start oladi. Kun doirasida uchta jamoamiz o‘z o‘yinini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. 

"Nasaf" bilan parallel tarzda "Navbahor" Eronning "Nassaji Mozandaron" jamoasi bilan kuch sinashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi. 

Uchrashuvni "Mahalla" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. Shuningdek, telegramdagi "SPORTS.uz Live" kanalimiz orqali ham o‘yin translyatsiyasini kuzatish imkoniga egasiz. 

Ma’lumot o‘rnida, hozirga kelib "Navbahor" o‘z guruhida 2-pog‘onani band etib turibdi. Samvel Babayan shogirdlari 3 ta o‘yinda 7 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. 

ochl_standings_d

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q