
OChL. "Nasaf"ni qanday natijalar keyingi bosqichga olib chiqadi? Ehtimollar nazariyasi
Kecha Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan bir qator bellashuvlar o‘tkazildi. Shu kungacha 4 jamoa keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Keyingi o‘yinlardan so‘ng yana 3 jamoa pley-off bosqichiga chiqdi.
Bugun “Nasaf” va “Al-Vehdat” so‘nggi yo‘llanma uchun maydonga tushadi. Qarshiliklarni durang ham qoniqtiradi (ikkinchi o‘rin bilan). Iordaniyaliklar uch va undan ko‘p to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishi kerak, agarda ular keyingi bosqichni o‘ylasa. Bunda Berdiev jamoasini 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat ham plef-offga etaklaydi. Qolaversa, "Al-Faysali" guruhdagi "Al-Sadd"ni yuta olmay yoki durang qayd etsa va bunda "Nasaf" zafar quchsa, "ajdarlar" birinchi o‘rinni egallaydi.
"Paxtakor" OChL oxirgi turida qanday qilib "Nasaf"ga yordam berdi? "Sherlar" Suadiyaga faqat mezbonlarni yutgani borganmidi?
Ko‘rib turganingizdek, "Nasaf"da keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyat mavjud. Asosiysi hammasi jamoaning o‘z qo‘lida!
Ayni payt OChL 1/8 finaliga yo‘l olgan jamoalar:
"Al-Hilol"
"Al-Shabab"
"Fulad"
"Al-Duhail"
"Al-Rayyan"
"Shabab Al-Ahli"
"Al-Faysali"
...
Ma’lumot uchun, g‘arbiy mintaqada 5 ta guruhdan 3 ta eng yaxshi 2-o‘rin sohiblari pley-off bosqichiga yo‘l oladi.
Fikrlar