OChL qaytmoqda! Bugun "Paxtakor" o‘ynaydi
7 oylik tanaffusdan so‘ng Osiyo qit’asida ham xalqaro musobaqalar yana start oladi. Bugun Osiyo Chempionlar ligasida guruh bosqichi o‘yinlari davom ettiriladi. O‘zbekistonning amaldagi chempioni "Paxtakor" Saudiya Arabistoni chempioni "Al-Hilol"ga qarshi bahs olib boradi.
Chempionlar o‘rtasidagi mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi va saytimizda ushbu uchrashuvdan onlayn matnli translyatsiya amalga oshiriladi.
Fikrlar