Asosiy mazmunga oʻtish

OChL. Sergeev termadan keyin klubida ham gol urdi, ammo uning jamoasi yana mag‘lub bo‘ldi

Izohlar: 0

"Patxum" guruhda hali ochko to‘plamagan.

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 5-turi doirasida "Patxum Yunayted" va "Ulsan Xyonde" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Unda janubiy koreyaliklar 1:3 hisobida zafar quchdi. 

"Patxum Yunayted" safida legionerimiz Igor Sergeev asosiy tarkibda maydonga tushdi va hatto, 69-daqiqada gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi. Biroq uning jamoasi g‘alabasiga bu gol etarli bo‘lmadi. Igor 87-daqiqada zaxiraga olindi.  

Ma’lumot o‘rnida, ayni paytda "Patxum" guruhda ochko to‘plamagan holda so‘nggi pog‘onani band etgan.

{game}4309112{/game}
Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q