OChL. "Seul" o‘z maydonida Avstraliya grandini engdi. Ikrom Aliboev 90 daqiqa o‘ynadi
Xabaringiz bor bugun Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqich 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, hamyurtimiz Ikrom Aliboev to‘p suradigan Janubiya Koreyaning “Seul” klubi musobaqadagi ilk uchrashuvini o‘z maydonida Avstraliyaning “Melburn Viktori” jamoasini qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ahamiyatlisi, Aliboev o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa harakat qildi. O‘yinning so‘nggi daqiqasida u zaxiraga olindi.
Eslatib o‘tamiz, “Seul” klubi joy olgan guruhda Xitoyning “Beytsin Goan” klubi ham bor. Biroq, Xitoydagi koronaviruv epidemiyasi sabab OFK Xitoy klublarining ishtirokini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi.



Fikrlar