Odil Ahmedov maydonga tushmagan o‘yinda “Shanxay SIPG” OChL yarim final yo‘llanmasini qo‘ldan boy berdi

  • 17.09.2019 17:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

Hozirgina Osiyo Chempionlar ligasi chorak final javob bahsidan o‘rin olgan Yaponiyaning “Urava Red Daymonds” hamda hamyurtimiz Odil Ahmedov harakat qiladigan Xitoyning “Shanxay SIPG” klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi.

Yaponiyadagi o‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Ammo, Xitoydagi bellashuvda 2:2 hisobi qayd etilgani bois, mehmonda kiritilgan gollar evaziga “Urava” yarim finalga yo‘l oldi.

Ta’kidlash kerakki, Odil Ahmedov ushbu uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Umid Erkulov
17/09/2019 19:23
Одил хам чарчади Энди