O‘FA va O‘zPFL 2026 yil uchun asosiy rejalarni muhokama qildi
O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rahbariyati hamda O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi vakillari ishtirokida kelgusi yil uchun asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
2026 yilgi taqvimni puxta rejalashtirish;
musobaqalar reglamentini takomillashtirish;
o‘quv kurslarining sifati va raqobatbardoshligini oshirish;
o‘yin intensivligini kuchaytirish;
sof o‘yyn vaqtini ko‘paytirish;
analitik ko‘rsatkichlar va monitoring tizimini yaxshilash;
futbol maktablari va futbol akademiyalarini tizimli rivojlantirib borish;
hakamlar faoliyatini rivojlantirish;
Pro Liga faoliyatini takomillashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Ushbu uchrashuv futbolimizda sifat, tartib va samaradorlikni oshirishga qaratilgan kelgusi yilgi rejalar uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Fikrlar