Asosiy mazmunga oʻtish

OFK Elit OChLning BAA va Qatardagi oʻyinlarini qoldirdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Uchrashuvlar 2 va 3 mart kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Abu-Dabi, Dubay va Doha shaharlarida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Elit Chempionlar ligasi bahslari qoldirilganini e’lon qildi.

Bunga Eron, AQSh va Isroil o‘rtasidagi harbiy mojaro sabab bo‘lgan. Eron snaryadlari, jumladan, Amerika bazalari joylashgan qo‘shni davlatlarga ham uchib kelmoqda.

"OFK tezlik bilan rivojlanayotgan ushbu vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etadi va barcha futbolchilar, jamoalar, rasmiylar va muxlislarning xavfsizligini ta’minlashda qat’iy bo‘lib qoladi", - deyiladi OFK bayonotida.

Uchrashuvlar 2 va 3 mart kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. O‘yinlarning yangi sanalari yoki o‘tkaziladigan joylari hozircha noma’lum.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q