
OFK Kubogi. "Kuala-Lumpur FA" "So‘g‘diyona"ning hududlararo finaldagi raqibi
OFK Kubogi hududlararo yarim finalidan o‘rin olgan "Mohun Bagan" - "Kuala-Lumpur FA" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Paulo Jozue 60-daqiqada hisobni ochdi. 90-daqiqada hindistonliklar vakili Muhammad Ali Molla muvozanatni tikladi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Muhammad bin Sidid va Romel Morales ikkita gol urib, mehmonlarga g‘alaba taqdim etdi.
Shu tariqa, kuala-lumpurliklar "So‘g‘diyona"ning raqibiga aylandi. Bahs 5 oktyabr kuni Jizzaxda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar