
OFK Kubogi. "So‘g‘diyona" - "Istern" o‘yiniga qancha muxlis tashrif buyurganini bilasizmi?
OFK Kubogi hududlararo yarim final bosqichida Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi o‘z maydonida "Istern" klubini qabul qildi. Bellashuv vakillarimizning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi.
Bellashuv taqdirini "bo‘rilar" hujumchisi Shohruz Norxonovning 85-daqiqada kiritgan yagona goli hal etib berdi.
Qayd etish lozim, mazkur bellashuvni tomosha qilish uchun "So‘g‘diyona" markaziy o‘yingohiga 7150 ta muxlis tashrif buyurdi.
Fikrlar