
Og‘ir atletika. O‘zbekiston terma jamoasi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 12 medal qo‘lga kiritdi
Joriy yilning 22-26-may kunlari Peru poytaxti Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yakunda 2 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza, jami 13 ta medal qo‘lga kiritgan holda dunyoning 50 ga yaqin davlati orasida umumjamoa hisobida 7-o‘rinni egalladi.
Limadagi jahon chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimizni yana bir bor tanishtirib o‘tamiz:
Marjona Abdumutalova:
Dast ko‘tarish: 82 kg (bronza)
Siltab ko‘tarish: 100 kg (kumush)
Ikkikurash: 182 kg (bronza)
Ruslan Rahmatjonov:
Dast ko‘tarish: 139 kg (kumush)
Siltab ko‘tarish: 172 kg (oltin)
Ikkikurash: 311 kg (oltin)
Bekzod G‘ofirjonov:
Dast ko‘tarish: 141 kg (bronza)
Siltab ko‘tarish: 183 kg (kumush)
Ikkikurash: 324 kg (bronza)
Omadillo Olimov:
Dast ko‘tarish: 150 kg (kumush)
Siltab ko‘tarish: 195 kg (kumush)
Ikkikurash: 345 kg (kumush)
Fikrlar