Og‘ir atletika. O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkibi e’lon qilindi

CHERY AUTO
 
Xabaringiz bor, 2-10 fevral kunlari Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Parij-2024 Olimpiadasi uchun yirik reyting ochkolarini taqdim etadigan ushbu turnirda qit’amizning eng sara sportchilari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi mazkur chempionatda ishtirok etadigan sportchilarimiz nomini e’lon qildi.
 
Unda 15 yoshli iqtidorli yosh atletlardan tortib, Ruslan Nurudinov, Akbar Jo‘raev kabi Olimpiada chempionlarining nomlarini ham uchratish mumkin. To‘liq tarkib quyidagicha:
 
Erkaklar: -61 kg: Adhamjon Ergashev -67 kg: Diyorbek Ro‘zmetov -67 kg: Husinboy Matrasulov -73 kg: Doston Yoqubov -73 kg: Muhammadqodir Toshtemirov -89 kg: Sarvarbek Zafarjonov -89 kg: Nursultan Esbergenov -96 kg: Sunnatilla O‘sarov -102 kg: Akbar Jo‘raev -102 kg: Ruslan Nurudinov -109 kg: Sharofiddin Amriddinov +109 kg: Rustam Jangaboev
 
Ayollar: -45 kg: Munisa Odilova -49 kg: Jamila Panfilova -59 kg: Nigora Abdullaeva -59 kg: Lyudmila Elefteriadi -64 kg: Shahnoza Jabborova -64 kg: Ozoda Hojieva -71 kg: Mashhura Rustamova -81 kg: Rigina Adashbaeva -87 kg: Nigora Suvonova +87 kg: Tursunoy Jabborova

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!