
Og‘ir atletika. Sharofiddin Amriddinov jahon chempionatidagi debyutida 13-o‘rinni egalladi
Kolumbiyada o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining yana bir vakili o‘z ishtirokini yakunladi. Bu yil yoshlar toifasidagi musobaqalarda porlagan hamyurtimiz Sharofiddin Amriddinov -102 kg vazn toifasida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Yurtdoshimiz dast ko‘tarishda 172 kg, siltab ko‘tarishda 197 va ikki kurashda 369 kg bilan umumiy hisobda 13-natijani qayd etdi. Mazkur yo‘nalishda g‘oliblik ikki kurashda 391 kg natija ko‘rsatgan qatarlik Olimpiada chempioni Fares Elbaxga nasib etdi.
Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati
Erkaklar, -102 kg:
1-o‘rin - Fares Elbax (Qatar) – 391 (174+217) kg
2-o‘rin - Rizo Dehdar (Eron) – 390 (177+213) kg
3-o‘rin - Samvel Gasparyan (Armaniston) – 389 (175+214) kg ...
13-o‘rin - Sharofiddin Amriddinov (O‘zbekiston) – 369 (172+197) kg
Fikrlar