
O‘g‘lim “Real”da emas, “Liverpul”da to‘p tepsin!
“Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingemning otasi Mark o‘g‘li o‘ziga yangi ish joyi sifatida “Liverpul”ni tanlashi kerakligini ta’kidlamoqda.
Ma’lumki, 140 million evroga baholanayotgan 19 yoshli yarim himoyachiga asosiy da’vogar sifatida “Real” e’tirof etilmoqda. Angliyalik futbolchining o‘zi ham Madrid klubiga o‘tishga moyillik bildirgan.
Biroq, Mark Bellingem o‘g‘li “Qirollik klubi”ning taklifini rad etib, Yurgen Klopp qo‘l ostiga o‘tishiga umid qilishini yashirmayapti.
“Borussiya” yarim himoyachisiga “Manchester Siti” ham qiziqish bildirmoqda. Bellingemning dortmundliklar bilan kelishuv 2025 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikrlar